Jahon

Istanbuldagi dovul qurbonlari soni 4 nafarga yetdi

To‘fon shahar binolari tom qismi va harakatlanayotgan transport vositalarini uchirib ketgan.

Istanbuldagi dovul qurbonlari soni 4 nafarga yetdi

 

Maʼlum bo‘lishicha, tabiiy ofat 33 ta uyning tom qismini vayron qilgan, 192 ta daraxt va 52 ta svetofor qurilmasini qulatgan.

 

Bundan tashqari, o‘nlab avtomobillar shikastlangan.

 

“Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, Istanbulda boshlangan kuchli shamol oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi jarohatlangan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda ” — deyiladi xabarlarda.

 

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining xabariga ko‘ra, favqulodda vaziyat ortidan Bosfor bo‘g‘ozida kemalar harakati to‘xtatilgan.

 

Shuningdek, Turkiya Havo yo‘llarining olti samolyoti Istanbulga qo‘na olmay, Anqara va Izmirga yo‘naltirildi.

 

Bundan avval AQSHning Luiziana shtatiga dahshatli to‘fon kirib kelgani hamda Yaponiyada to‘fon tufayli 400 nafarga yaqin odam evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Istanbuldagi dovul qurbonlari soni 4 nafarga yetdi | Zamon.uz