Jahon

Nigeriyada qayiqning halokatga uchrashi natijasida 29 kishi qurbon bo‘ldi

Qurbonlar orasida maktab o‘quvchilari bor.

Nigeriyada qayiqning halokatga uchrashi natijasida 29 kishi qurbon bo‘ldi

 

Nigeriyaning Kano shtatida yo‘lovchi qayig‘ining halokatga uchrashi oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBS mahalliy hokimiyatga tayanib xabar bergan.

 

Qayiq daryo bo‘ylab Badau aholi punktidan Bagvay aholi punkti tomon ketayotgan bo‘lib, ularning orasidagi masofa taxminan 5 kilometrni tashkil qiladi.

 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qayiq haddan tashqari yuklangan – unda 50 ga yaqin odam diniy marosimga ketayotgan bo‘lgan.

 

Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Hozirgacha 29 kishining jasadi topilgan, 7 kishi qutqarildi, qolganlar bedarak yo‘qolgsn deb hisoblanmoqda.

 

Avvalroq Nigeriyada Niger daryosida qayiqning ag‘darilishi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘lgan, yana 98 nafar yo‘lovchi bedarak yo‘qolgan edi.

 

Bundan oldin Kongoda qo‘lbola yasalgan kema daryoda halokatga uchragan edi. Buning oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Nasiba To‘xtayeva

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"