O'zbekiston

Samarqand 2023 - yilda Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi

Butunjahon turizm poytaxti nomzodligiga O‘zbekiston va Portugaliya daʼvogarlik qildi.

Samarqand 2023 - yilda Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi

 

Butunjahon turizm tashkiloti va unga aʼzo davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yana-da kengaytirish, madaniy va turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi  Ispaniya qirolligiga tashrif buyurishdi.

 

Tashkilot 2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishini Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ayni damda Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tayotgan UNWTOning 24 sessiyasi doirasidagi ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra maʼlum qildi. 

 

Hozirda Samarqandning turistik salohiyatini yana-da yuksaltirish hamda uni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yangi zamonaviy aeroport hamda turizm obyektlari bunyod etilmoqda.

 

Ulardan “Samarkand Touristic Centre” bo‘lib, u eshkak eshish kanali qirg‘og‘ida 212 gektar maydonda qad ko‘tarmoqda. Bu yerda qurilayotgan “New Renaissance”  kongress-xolli, mehmonxonalar, restoranlar, dam olish maskanlari, savdo markazlari, amfiteatr, “Mangu shahar” kabi inshootlari hududning sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz. Yangi obyektni 2022 yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. 

 

Maʼlumot o‘rnida: Mazkur tashkilot assamblyasi 2  yilda bir marta o‘tkaziladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tishi hamda  Turkmanistonda Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining forumi bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqand 2023 - yilda Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi | Zamon.uz