Angela Merkelning vatandoshlariga so‘nggi murojaati
U o‘z xalqini pandemiya qarshisida birlashishga chaqiridi.

16 yil davomida Germaniya hukumatini boshqargan Angela Merkel vatandoshlariga so‘nggi bora murojaat qildi, deb xabar beradi DW nashri.
Shunday qilib, sobiq kansler butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning jiddiyligini eslatib, nemislarni inqirozga qarshi kurashda birlashishga chaqirdi.
"Afsuski, bizni yana bir necha og‘ir haftalar kutib turibdi, ularni faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yengib o‘tishimiz mumkin", - dedi Merkel.
U yana bir bor eslatdiki, faqat emlash mamlakatni avvalgi hayotiga qaytarishga yordam beradi.
Nashrning yozishicha, 2006-yilning iyun oyidan beri Angela Merkel o‘zining videopodkastida Germaniya xalqiga 600 martadan ortiq murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2-dekabr kuni Merkel Germaniya kansleri lavozimi bilan rasman xayrlashgan edi.
Uning vorisi hukumat rahbari sifatida Germaniya sosial-demokratik partiyasining 63 yoshli a’zosi Olaf Shols bo‘ladi.
Avvalroq Merkel xonim iste’foga chiqqanidan keyin 15 ming yevro pensiya olishi haqida xabar qilingan edi.








