COVID-19‘dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon tashkil etiladi
Birinchi bosqichda 61 ta daraxt ekiladi.

Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlab xiyobon tashkil etilmoqda.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.
11-dekabr kuni soat 10:00 da G‘alaba bog‘iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlariga start beriladi.
Birinchi bosqichda chinorlar, qayrag‘och va akatsiyalardan iborat 61 ta daraxt ekiladi.
O‘zbekiston Landshaft sanʼati uyushmasi hamda Olmazor tuman hokimligi Aksiyaning bosh tashkilotchilaridir. Xususiy kompaniya va shaxslarning homiyligi ham ishlar yana-da rivojlanishiga yordam beradi.
Avvalroq daraxt ekish va parvarishlash masalalariga shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari masʼul ekanligi hamda Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlardagi yashil maydonlarda qurilish qilishga ruxsat berilmasligi haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







