O'zbekiston

Urganchda ayolni poyezd urib ketdi

Ayolning jasadi temir yo‘l hodisasi sodir bo‘lgan joydan 25-30 metr uzoqlikdan topilgan.

Urganchda ayolni poyezd urib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Istiqlol-Hazorasp temir yo‘lida harakatlantirayotgan poyezd odam urib yuborganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi. 

 

Bosh prokuratura holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yil 8 dekabr kuni soat 09:25larda poyezdni  O.Mashaipov va yordamchisi M.Nazarovlar boshqarib borayotgan bo‘lgan.

Mazkur poyezd vagoni  "Urganch Lokomativ" deposiga qarashli bo‘lgan “TEP70-BS-152” sonli teplovoz Toshkent-Urganch-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotganida, Istiqlol-Hazorasp temir yo‘lining 7-piketida To‘piroqqalʼa tumanida yashovchi 43 yoshli S.Q.ni urib ketgan.

 

Birlamchi maʼlumotlarga ko‘ra, piyodaning ehtiyotsizligi sabab, bahtsiz hodisa ro‘y bergan. Oqibatda, ayol olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

 

Shu bilan birga voqea tafsilotlari o‘rganilganda, s.Q. temir yo‘l hodisasi sodir bo‘lgan joydan 25-30 metr uzoqlikda temir yo‘l izi yonidan topilgan.

 

Maʼlumot uchun: marhuma oilali, uning 3 nafar farzandi bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha hozirda Urganch transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi nega yo‘lda to‘xtab qolgani hamda Temir yo‘lda uxlab qolgan shaxs poyezd va kesishmadagi avtomobillar harakati to‘xtashiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Urganchda ayolni poyezd urib ketdi | Zamon.uz