O'zbekiston

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qarz ajratadi

Sarmoya miqdori 100 million dollarni tashkil etadi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qarz ajratadi

 

Bu haqda mazkur bank Matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Davlat idoralariga dastur doirasidagi islohotlarni amalga oshirish uchun 250 ming texnik yordam taqdim qiladi.

 

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga mamlakatdagi kichik va o‘rta biznes uchun qulay muhitni yaxshilash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda 100 million dollarlik siyosatga asoslangan kreditni maʼqulladi.

 

Kredit OTBning kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish dasturining birinchi kichik dasturini moliyalashtiradi. Shuningdek, bankning ushbu loyihasi  2 ta kichik dasturni o‘z ichiga oladi.

 

Jumladan, birinchi kichik dasturda kredit resurslari cheklangan subyektlar faoliyatini kengaytirishga yordam berish uchun mavjud moliyaviy vositalarni diversifikatsiya qilishni va ular olishi kerak bo‘lgan ruxsatnomalar va litsenziyalar sonini qisqartirishni reja qilgan.

Masalan, savdo operatsiyalari xarajatlarini kamaytirish va raqamlashtirishni oshirish 13 500 ga yaqin ish o‘rinlarini yaratishga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

 

OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov mazkur sarmoya bo‘yicha shunday deydi:

 

“O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirishda davom etmoqda va kichik va o‘rta korxonalar mamlakatda iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlarini taʼminlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda”.

 

Mamlakatda kichik va o‘rta korxonalar yalpi ichki mahsulotning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Vaholanki bu  rasmiy va norasmiy ish o‘rinlarining uchdan ikki qismini taʼminlab beradi. Berilgan qarz kichik va o‘rta biznes uchun raqamli yechimlarni joriy etish orqali  yana 250 ming dollari miqdoridagi texnik yordam grantini qo‘lga kiritish imkonini ham yaratadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekiston energetika tizimi uchun 81,6 million dollar ajratilishi hamda O‘zbekiston elektr energetika sohasi uchun YTTBdan 81,6 million yevro qarz olayotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qarz ajratadi | Zamon.uz