Rossiyadagi mehnat migrantlarining o‘rtacha maoshi aniqlandi
Migrantlar federasiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan mehnat migrantlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ushbu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik maoshi 47 100 rubl(~6 923 700 UZS)ni tashkil etishi aniqlandi.
Migrantlar orasidan rus tilini yaxshi biladiganlar o‘rtacha 49 ming rubl, rus tilini yaxshi bilmaydiganlar esa o‘rtacha 37 ming rubl maosh olishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, migrantlar orasida qurilish nisbatan ko‘p pul ishlab topish mumkin bo‘lgan yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu sohada ishlovchilarning o‘rtacha maoshi 54 ming rublni hisoblanadi.
Avvalroq, Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat migrantining oilasiga kompensasiya undirib berilgani va Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar va “Konstanta” MCHJ rahbariyati o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.
Maftuna Rejabboyeva tayyorladi







