Bugun Ruslan Nuridinov va Akbar Jo‘rayev oltin medal uchun kurashadi
Musobaqa 16:00 da “Yunusobod sport majmuasi”da bo‘lib o‘tadi.

Bugun Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng qiziqarli vazn toifasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda so‘nggi ikki Olimpiadaning chempion va rekordchilari Ruslan Nuridinov hamda Akbar Jo‘rayev oltin medal uchun kurash olib borishadi.
Eʼtibor asosan 109 kg vazn toifasidagi bellashuvlarga qaratilgan. Mazkur vaznda armanistonlik Simon Martirasyan va boshqa kuchli polvonlar hamyurtlarimiz bilan raqobat olib borishadi.
Avvalroq Jahon chempionatida qatnashadigan og‘ir atletikachilarimiz maʼlum bo‘lgani hamda hamda 2024 yil Parijda bo‘ladigan Olimpiadada Akbar Jo‘rayev oltin medal olishga vaʼda bergani haqida maʼlumot berilgandi.
Munojat Valiyeva







