O‘zbekistonda Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan shaharlar elektirlashtiriladi
Mazkur loyiha uchun OTBdan 162 million dollar qarz olish rejalashtirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston g‘arbidagi yirik shahar markazlarini bog‘lovchi 465 kilometrlik temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, temir yo‘l xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 million dollarlik kredit ajratishni maʼqulladi.
Loyiha Buxoro, Miskin, Urganch va Xorazm viloyatidagi YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xiva shaharlarini bog‘lovchi yo‘lni elektrlashtiradi.
Qayd etilishicha, soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlarning harakatlanishi, Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini 2 soatgacha qisqartirish, poytaxt Toshkentdan Xivaga 7 soatda yetib borish imkonini beradi
OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukovning bu dasturga quyidagicha fikr bildirgan:
“Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan O‘zbekiston uchun bu yaxshi imkoniyat. OTB loyihasi Xorazm viloyatini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘laydigan iqtisodiy yo‘lak yaratishga, COVID-2019 pandemiyasi sharoitida turizmni tiklashga yordam beradi va mamlakatni mintaqaviy tranzit markazi sifatida yana-da mustahkamlaydi”
“Buxoro-Xiva” liniyasi elektrlashtirilgach, yillik yo‘lovchi tashish hajmi joriy yilda 280 ming yo‘lovchidan 2026 yilga kelib 1 million yo‘lovchidan ko‘proqqa oshishi kutilmoqda.
2026 yilga borib yuk tashish hajmi yiliga jami 11,8 million tonnaga yetishi kutilyapti.
Davlat Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankidan 108 million dollar miqdorida kredit so‘ragan. Buni bank boshqaruv kengashi maʼqullagan.
Bundan tashqari, OTB temir yo‘l operatsiyalari va boshqaruvi bo‘yicha tanlangan ayollarni o‘qitish kabi asosiy gender tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 300 000 AQSH dollari miqdoridagi texnik yordam grantini taqdim qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Davlat qarzi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi Oliy Majlisga kiritilgani hamda Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qarz ajratishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







