Xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi muzlatgichda qolmoqda
Marhumning o‘dirilganiga 6 oydan oshdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi hali dastlabki tergov bosqichida. Bu ishga jalb qilingan advokatlar ekspertiza natijalari bilan tanishdi.
Eslatma: O‘zbekiston fuqarosi Ayub Rahimov joriy yilning 11 may kuni Simferopolda hibsga olinishi vaqtida otib o‘ldirilgan edi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u qarshilik ko‘rsatgan va FSB xodimlari o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Keyinroq uning turmush o‘rtog‘i Sohiba Burxonova vataniga chiqarib yuborish uchun xorijlik fuqarolarni vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Ayol hali ham o‘sha markazda muqim qolmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyaga marhumning ayolini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilmaslikni tavsiya qilgan.
Shu bilan birga, A. Rahimovning rafiqasi va advokatlarining jasadni dafn qilish uchun topshirish to‘g‘risidagi bir necha bor murojaatlari tergov harakatlari zarurligi sabab rad etilgan.
Maʼlumot uchun: marhumga nisbatan “hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida g‘oyib bo‘lgan samolyot topilgani hamda Moskvada o‘zbekistonlik migrantning jasadi topilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Shveysariyada vafot etgan marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelingandi.
Cho‘lponoy Ahmedovа







