Buxoroda tuproq bosishi oqibatida halok bo‘lganlarning ishi mehnat faoliyati bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi
Mehnat vazirligi holat bo‘yicha o‘rganish olib borib, qo‘shimcha maʼlumot berdi.

11-noyabr kuni Buxoroda "61-Avtokorxona”ning ikki nafar ishchisini tuproq va qum bosib qolgani haqida xabar bergan edi.
Mehnat vazirligi holat bo‘yicha o‘rganish olib borib, qo‘shimcha maʼlumot berdi. Unga ko‘ra 2021 yil 16 noyabr kuni soat 15:30lar atrofida Buxoro viloyati Kogon shahar Do‘stlik ko‘chasida “61-sonli Avtokorxona” MCHJ tomonidan kanalizatsiya quvuri qazish ishlari olib borilayotganda kovlangan o‘raning atrofidagi tuproq o‘pirilib tushishi natijasida o‘raning ichida ishlayotgan fuqarolar Amirov Namozbek Xusan o‘g‘li va Saidqulov Sardor Valijon o‘g‘li tuproq ostida qolib vafot etgan.
Baxtsiz hodisaning asosiy sabablar maʼlum qilindi. Jumladan, “61-Avtokorxona” MCHJ ish beruvchisi tomonidan ishlarni xavfsiz olib borishlari yuzasidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘l-yo‘riqlar olmagan N.Amirov va S.Yaxyoxonovlarni Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida joylashgan diametri 1000 mm li plastmassa kanalizatsiya quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlariga jalb etilgan.
Kanalizatsiya quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun qazilgan o‘ra (bo‘yi 5,0-5,5 metr, eni 5-6 metr atrofida) devorining qulab tushmasligini oldini olish uchun keltirib qo‘yilgan kattaligi 2,6 X 4,6 hajmdagi 2 ta temir panjaralarning o‘rnatib qo‘yilmagan.
Vaziyat sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanib, mazkur baxtsiz hodisa mehnat faoliyati bilan bog‘liq deb topilib, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirildi va korxona tomonidan “61-Avtokorxona” MCHJ hisobga olingan.
Hodisa yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.
Munojat Valiyeva







