O'zbekiston

Navoiyda 4 egizak dunyoga keldi

Ularga Madina, Muslima, Yunus va Yulduz ismlari qo‘yildi.

Navoiyda 4 egizak dunyoga keldi

 

23-dekabr kuni Navoiy shahrida biryo‘la 4 nafar egizak: 3 qiz va 1 o‘g‘il tug‘ildi.

 

Ma’lum qilinishicha, chaqaloqlarning ota-onasi Shomurod Farmonov va Rahima Abdurahmonova Karmana tumanining Talqoq mahallasida istiqomat qilishadi. Ular 2020-yilda turmush qurishgan.

 

“Skrining tekshiruv paytida chaqaloqlar 4 nafar ekani ma’lum bo‘lgandi. Ularning 2 nafari qiz va 1 nafari o‘g‘il ekanini o‘shandayoq aniq aytishgandi shifokorlar. Albatta, quvonchimning cheki yo‘q”, – deydi chaqaloqlarning otasi Shomurod Farmonov.

 

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi bola 1 570 gramm, ikkinchi bola 1 460 gramm, uchinchi bola 910 gramm, to‘rtinchi bola esa 1 280 grammni tashkil etgan.

 

DXA Navoiy viloyati boshqarmasining tashabbusi bilan sayyor tartibda xizmat ko‘rsatilib, chaqaloqlarning yaqinlariga tug‘uruqxonaning o‘zida tug‘ilganlik guvohnomalari, bank xodimlari tomonidan suyunchi puli topshirilgan.

 

Ayni paytda ona ham, chaqaloqlar ham shifokorlar nazoratida.

 

Avvalroq Qashqadaryoda tug‘ilgan 3 egizakka Ziroat, Saida va Shahnoza ismlari qo‘yilgani xabar qilingandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda 4 egizak dunyoga keldi | Zamon.uz