Jahon

2021-yilda eng ko’p moliyaviy zarar keltirgan tabiiy ofatlar

Britaniyaning “Christian Aid” gumanitar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda eng ko‘p moddiy zararga AQShdagi “Ida” to‘foni sabab bo‘lgan.

2021-yilda  eng ko’p moliyaviy zarar keltirgan tabiiy ofatlar

2021-yilda sodir boʻlgan eng yirik oʻnta tabiiy ofat moliyaviy jihatdan jami 170 milliard dollardan ortiq zarar keltirdi. Bu  oʻtgan yilga nisbatan qariyb 20 milliard dollarga koʻp. Umumiy zarar miqdorining qariyb 13 foizga oshishi iqlimning antropogen o‘zgarishi oqibatlarini aks ettiradi, deya izoh berdi Britaniyaning Christian Aid gumanitar tashkiloti.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyi oxirida, AQShdagi kuchli suv toshqiniga sabab bo‘lgan “Ida” to‘foni 2021-yilda eng katta moliyaviy ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofat sifatida qayd etildi. “Christian Aid”  yetkazilgan zararni 65 milliard dollarga baholamoqda. Ikkinchi oʻrinda – iyul oyida Germaniya va Belgiyadagi suv toshqinlari, hukumatlar jami 43 milliard dollar zarar koʻrgan. 

 

Ro‘yxatga AQShning Texas shtatidagi keskin sovuq harorat va Xitoyning Xenan provinsiyasidagi suv toshqini ham kiritilgan. Tashkilot bu ro‘yxatga asosan boy mamlakatlarda sodir bo‘lgan tabiiy ofatlarga asoslanganini qo’shimcha qildi. 

 

Hisobotda aytilishicha, qashshoqroq mamlakatlarda infratuzilma sug'urtalanmaganligi sababli tabiiy ofatlardan ko'rilgan moliyaviy zararni hisoblash qiyin.


Eslatib o’tamiz, dekabr oyida Indoneziyada vulqonning otilishi oqibatida 13 kishi halok bo’lgan edi.  

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"