Ertaga Nodirbek Abdusattorovni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi
Tadbir O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi binosida o‘tkaziladi.

Bugun, 2-yanvar kuni tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov, shuningdek, Javohir Sindorov, Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar yurtimizga qaytib kelishdi.
Ertaga, 3 yanvar kuni coat 12.00 da O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi binosida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti va 2 xonali xonadon kalitini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni soat 13:00da "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida yosh chempionimiz bilan uchrashuv tashkil etiladi.








