O'zbekiston

Bir kechada ikki yong‘in

Jizzax shahri va Baxmal tumanida tunda xonadonlar yonib ketdi.

Bir kechada ikki yong‘in

 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida 4 yanvarga o‘tar kechasi ikkita yong‘in sodir bo‘ldi.

 

Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi. 

 

3 yanvar kuni tungi soat 23:33 larda Jizzax shahar “Madaniyat” mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga shahar FVBning 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan.

 

Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 23:38 da yetib borgan va yong‘in soat 00:02 da batamom o‘chirilgan.Yong‘in natijasida xonadonning 30 kvadrat metr maydonda tom-shift qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.

 

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, elektr simlarining qisqa tutashuvi yong‘inga sabab bo‘lgan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Bundan tashqari, 4 yanvar kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani “Fayzobod” MFYda joylashgan xonadonlarning biridan yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida 101 qisqa raqami orqali xabar kelib tushgan.

 

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 00:45 da batamom o‘chirilgan va 42 kvadrat metr maydondagi moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketgani hamda ushbu viloyatda uy og‘ilxonasida yong‘in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"