O'zbekiston

Bo‘stonliq va Zominda o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etuvchi otryadlar tashkil etiladi

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimi yaratiladi.

Bo‘stonliq va Zominda o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etuvchi otryadlar tashkil etiladi

 

Bu haqda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan. 

 

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan otryadlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishga ixtisoslashgan idoraviy bo‘linmalar yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari va texnikasi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

 

Mahalliy  sharoitlarda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega yong‘in-texnik vositalar va ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini shakllantirish, davlat standartlari asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot uchun: Jizzax viloyatining Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘riklisoy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududlarida 2021 yil 1 avgust kuni yirik yong‘in yuz bergandi.

 

Soat taxminan 10:40 da boshlangan yong‘in salkam 8 soatdan so‘ng o‘chirilgan. FVV maʼlumotlariga ko‘ra, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan.

 

Olovni o‘chirishga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan.  Keyinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev yong‘in “bir boyvachchaning o‘g‘li” sabab sodir etilganini maʼlum qilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini aholi punktiga yaqin kelayotgani aytilgani hamda Qashqadaryodagi mebel korxonasida yong‘in yuz berdi, 3 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bo‘stonliq va Zominda o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etuvchi otryadlar tashkil etiladi | Zamon.uz