Mirobod tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Joriy yilning 5 yanvar kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida “AUDI”, "Vaz-2106", ikkita “Matiz” va “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, "Vaz-2106" rusumli avtomobil haydovchisi O.B. hamda “AUDI” rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.U.ga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Avvalroq, Toshkentda haydovchining uxlab qolishi oqibatida 3 ta mashinaga shikast yetkazilgani hamda “Matiz” haydovchisi 3 nafar piyodani urib yuborgani xaqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







