O'zbekiston

Qurilish sohasidagi qatʼiy talablar soddalashtiriladi

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida xorijiy normativ hujjatlarini belgilangan shartlar asosida qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin.

Qurilish sohasidagi qatʼiy talablar soddalashtiriladi

 

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

 

Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi maʼlum qildi. 

 

Mazkur loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

 

— shaharsozlik normalari va qoidalarini birlashtirish yo‘li bilan tizimlashtirish, bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarni bekor qilish;

— qurilish obyektining yakuniy holatiga bo‘lgan talablarni belgilab beruvchi qurilishni normalashning parametrik usulini qo‘llash;

— qurilish sohasida narxlarni shakllantirishda asos bo‘luvchi smeta qoidalarini smeta normativlari shaklida tasdiqlash va ochiqlikni taʼminlash;

— qurilish sohasidagi o‘zini o‘zi boshqaruvchi notijorat tashkilotlarga aʼzo bo‘lish tartibini joriy etish orqali arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini bekor qilish;

— qurilish sohasidagi yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini bekor qilish;

— xususiy sektordagi yuridik shaxslarga qurilish-montaj ishlarida qurilish nazoratini amalga oshirish huquqini berish;

— texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasiga tizimli ravishda joylashtirilishini taʼminlash;

 

— sunʼiy yo‘ldosh va boshqa uchuvchisiz uchish apparatlari orqali yerni masofadan zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llash orqali qurilishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi monitoring qilish tartibini takomillashtirish;

 

— innovatsion jarayonlarini, yangi turdagi materiallar va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan “Trial pool” – sinov maydonini tashkil etish.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarurligini bildirgani hamda davlatimiz rahbari har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qurilish sohasidagi qatʼiy talablar soddalashtiriladi | Zamon.uz