Shaxmat bo'yicha TOP-100 talik reyting e'lon qilindi
Mazkur ro'yxatdan o'zbekistonlik vakilimiz ham o'rin olgan.

Xalqaro shaxmat federatsiyasining har oy yakunida eʼlon qilinadigan reytingida klassik shaxmat yoʻnalishida ayni damda TOP-100 talikdan birgina shaxmatchimiz oʻrin oldi. Hisob boʻyicha 17-jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov 2 659 ball bilan 82-oʻrindan joy olgan. U 1979-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan va 2004-yilgi Liviyada oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi sanaladi.
Yosh, umidli shaxmatchilarimiz boʻlmish Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodir Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidovlar hali TOP-100 talik ro’yxatga kirishmagan boʻlsa-da, ular oʻsmirlar toifasida dunyo reytingida peshqadamlar safidan joy olib turishibdi. Jumladan, rapid yoʻnalishida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan N.Abdusattorov va J.Sindorov kuchli oʻntalikda qayd etilgan.
Maʼlumki, FIDE oʻsmir shaxmatchilarning reyting oʻrinlarini alohida hisoblab boradi. 20 yoshgacha boʻlgan eng kuchli 100 nafar yosh shaxmatchi roʻyxatidan biryoʻla 4 nafar hamyurtimiz oʻrin oldi:
7. GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2641 ball;
9. GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) – 2630;
14. GM Javohir Sindorov (2005) – 2609;
24. GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536.
Ayni paytda Oʻzbekistonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisi quyidagicha koʻrinish olgan:
1. GM Rustam Qosimjonov (1979-yilda tugʻilgan) – 2659;
2. GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2641;
3. GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) – 2630;
4. GM Javohir Sindorov (2005) – 2609;
5. GM Jahongir Vohidov (1995) – 2552;
6. GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536;
7. GM Andrey Kvon (1989) – 2527;
8. GM Joʻrabek Hamroqulov (1988) – 2507;
9. GM Mixail Saltayev (1962) – 2482;
10. GM Bobur Sattorov (1995) – 2465.
Avvalroq Xalqaro shaxmat kuni munosabati bilan yangi jurnal chop etilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov








