Portugaliya Roman Abramovichning fuqarolik pasportini tekshirmoqda
Bu millarder Portugaliya fuqaroligini olishda qoidani buzganini aniqlash bilan bog‘liq.

Portugaliya hukumati rossiyalik milliarder Roman Abramovichga milliy pasport berilishining qonuniyligini tekshirishni boshladi.
Mamlakat Adliya vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bunday tekshirish "ehtimol bo‘lgan har qanday qoidabuzarlik" haqida maʼlumot beradigan standart tartib hisoblanadi.
Bu haqda Portugaliyaning Renasceça radiostansiyasi xabar bermoqda.
Tekshiruv Ro‘yxatga olish va notarial idoralar instituti (IRN) tomonidan olib borilmoqda. O‘z navbatida, Abramovichning vakili agentlikka milliarder va uning xodimlari "har qanday tekshirishni mamnuniyat bilan qabul qilishlarini, chunki bu fuqarolik qoidalarga muvofiq olinganligini ko‘rsatishini" aytdi.
Roman Abramovich Portugaliya fuqarosiga aylangani haqida dekabr oyida mahalliy Publico gazetasi xabar bergan edi. Nashr manbasiga ko‘ra, 55 yoshli tadbirkor mamlakat pasportini 2021 yil aprelida Sefarad yahudiylarining avlodi sifatida olgan.
Maʼlumotlarga qaraganda, Abramovich o‘z oilasi tarixini uzoq yillar davomida o‘rgangan va ota-bobolari quvg‘in qilinib, Gamburgda qolib ketishdan oldin Portugaliyadan kelganini aniqlagan.
2015yilda Portugaliyada Sefarad yahudiylari va Konverso yahudiylarining avlodlari uchun fuqarolikka qabul qilish qonuni qabul qilingan.
2020 yilda ushbu qonun doirasida deyarli 21 ming ijobiy qaror qabul qilingan va faqat 163 kishi fuqarolikdan mahrum etilgan.
Avvalroq Roman Abramovichga tegishli Boeing 767-300ER samolyoti sotuvga qo‘yilgani xabar qilingan edi.







