Toshkent metropolitenida yana nosozliklar kuzatila boshladi
Bu safar yangi yo‘nalishda favqulodda holat sodir bo‘ldi.

Bugun, 14-yanvar kuni soat 18.42 da Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan o‘tuvchi metroning "Turkiston" bekatida elektr energiya bilan ta’minlash tizimidagi nosozlik sabab qisqa tutashuv sodir bo‘ldi.
Ushbu holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar zarur chora-tadbirlarni olib bordi va xavf bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda poyezdlar qatnovi reja asosida amalga oshirilmoqda.








