Jahon

Tramp hammani bittalab "so‘kib chiqdi"

Tramp haqoratlar va uyatsiz so‘zlardan iborat kitob yozdi.

Tramp hammani bittalab "so‘kib chiqdi"

 

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi hamkasblaridan farqli ravishda xotiralarini chop etish uchun uzoq vaqt kutmadi. U Oq uyni tark etganidan 1 yildan ko‘proq vaqt o‘tishi bilan “Birgalikdagi sayohatimiz” (Our Journey Together) nomli xotira kitobini eʼlon qildi.

 

Bu kitob oldingilaridan tubdan farq qiladi. Garchi katta reklama kampaniyalari olib borilmagan bo‘lsada, kitob muallifga o‘nlab millionlab dollar foyda keltirdi.

 

Memuar rasmlar to‘plami ko‘rinishida chop etilgan. Ammo bu rasmlar eksklyuziv sanalmaydi, oldin ham bir necha martalab eʼlon qilingan.

 

Kitobning qimmatli jihati – Trampning ham bir rasmga alohida izoh berganidir.

 

Kitob noshiri, respublikachi Serxio Gorning aytishicha, Tramp tarafdorlariga aynan ular xohlagan narsani bergan. Memuarda to‘plangan 300 ta rasm orasida siyosatchilarning rasmlari ham bo‘lib, sobiq prezident ayrim joylarda ularni haqoratlab ketgan. Masalan, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi haqida gapirar ekan, uni “aqldan ozgan Nensi” deb atagan:

 

“U baqirardi, bargga o‘xshab titrardi, shuning uchun ham “aqldan ozgan Nensi” nomini olgan”.

 

Kitobning Trampning dastxati tushirilgan nusxasi 230, dastxatsiz nusxasi 75 dollardan sotilmoqda. Kitobning birinchi partiyasi 200 ming nusxada chop etildi ayni paytda yana 300 ming nusxa nashr qilinmoqda.

 

Tramp ayni paytda keyingi prezidentlik sayloviga tayyorgarlikni boshlagan. Bir necha kun oldin uning shtabi saylovoldi kampaniyasiga pul yig‘ish uchun prezident bilan kechki ovqat dasturini eʼlon qildi.

 

Sharofat Mahmudova

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Isroil 2023-yildan beri 2 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga oldi — hisobot

Falastinlik mahbuslar jamiyati bolalarga nisbatan qiynoqlar, ochlik va tibbiy yordamdan mahrum qilish holatlari kuzatilayotganini bildirdi.