Turkiya martda Afg‘onistondagi konsulxonasini ochadi
Afg‘oniston va Turkiya TIV rahbarlari muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Mart oyidan boshlab Turkiya Mozori-Sharifdagi konsulxonasi faoliyatini tiklaydi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Afg‘oniston TIV rahbari Amirxon Mutaqqiy va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavusho‘g‘lu o‘rtasidagi muzokaralarda bu borada kelishuvga erishilgan. Shu bilan birga Mutaqqiy Turkiya tomonidan yuborilapyotgan gumanitar yordam uchun minnatdorchilik bildirgan. So‘nggi bor Anqara 750 tonna g‘alla jo‘natgan.
Daily Sabah maʼlumotlariga ko‘ra, muloqotda ayollar masalasi ham muhokama qilingan. Chavusho‘g‘lu xotin-qizlar taʼlimi muammosini ko‘targan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq RF prezidentining maxsus vakili Afg‘onistondagi vaziyat BMT hisobotlaridan ko‘ra og‘irroq ekanini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev







