Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalar global taʼsirga egami?
AQSh moliya vaziri bunga javob berdi.

Aqsh moliya vaziri Janet Yellen Ukraina tufayli Rossiyaga joriy etiladigan sanksiyalar global taʼsirga ega bo‘lishini maʼlum qildi. Bu haqda u Agence France-Presse‘ga bergan intervyusida aytgan.
"Albatta, biz sanksiyalar asosan rossiyaga taʼsir qilishini istaymiz. Ammo ular global oqibatlarga sabab bo‘lishini ham tan olamiz", — degan u. Vazir Yevropalik hamkorlar bilan moliya sohasidagi shaxslar va kompaniyalar, shuningdek, katta ehtimol bilan eksport nazoratiga taʼsir o‘tkazadigan sanksiyalar paketi tayyorlanayotganini taʼkidladi.
Yellen sanksiyalar energetika bozoriga dahl qilishi mumkinligi borasida xavotirlar borligini eslatgan. Chunki Rossiya neft va gaz yetkazib berishda eng muhim davlatlardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, vashington ittifoqchilari bilan ehtimoliy oqibatlarni oldini olishda doimiy ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden-Zelenskiy telefon muloqoti to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







