Jahon

BMT Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush bo‘lmaydi, deb hisoblaydi

Antonio Gutterish: "Men hali ham bu urush sodir bo‘lmasligiga ishonaman, lekin agar yuz bersa, bu falokat bo‘ladi”.

BMT Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush bo‘lmaydi, deb hisoblaydi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va ukraina o‘rtasida to‘liq miqyosli urush bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda u Myunxen xavfsizlik konferensiyasida aytdi. 

 

“Men hali ham bu urush sodir bo‘lmasligiga ishonaman, lekin agar sodir bo‘lsa, bu falokat bo‘ladi”, — dedi Guterrish.

 

U barchani buning uchun diplomatik saʼy-harakatlar qilishga chaqirdi.

 

Guterrish eslaganidek, jahon tartibi tamoyillarini belgilab beruvchi BMT Nizomida barcha aʼzo davlatlar mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishlari, bu dunyo qonunchiligi va tinchligiga ziyon yetkazmasliklari, barcha aʼzolar davlatga tahdid qilishdan o‘zini tiyishi kerakligi aniq taʼkidlagan. Kuch ishlatish yoki boshqa davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish mumkin emas.

 

Bundan tashqari, Guterrish barchani o‘z ritorikasida iloji boricha vazmin bo‘lishga va “o‘tga yog‘ qo‘ymaslikka” chaqirib, dezinformatsiyaning o‘ta xavfli ekanligini taʼkidladi. Nihoyat, BMT Bosh kotibi tashkilot tizimi Ukrainada, xususan, sharqda o‘z faoliyatini davom ettirayotganini taʼkidladi va Ukraina hukumatiga bu boradagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya Ukrainani okupatsiya qilish uchun bahona izlayotganini maʼlum qilingandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

BMT Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush bo‘lmaydi, deb hisoblaydi | Zamon.uz