NATO so‘nggi sakkiz yilda harbiy xarajatlarini qanchaga oshirgan?
Bu haqda alyans bosh kotibi maʼlumot berdi.

2014-yildan boshlab AQSHdan tashqari barcha NATO aʼzolarining harbiy byudjeti 270 milliard dollarga o‘sgan. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.
Stoltenberg ushbu maʼlumotni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu urushni oldini olish uchun amalga oshirilgan.
“Bu pullar yangi qurollarga ishlatilgan. Bu bizning yangi urushni oldini olishda qatʼiy ekanimizni ko‘rsatadi”, – degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi alyans eshiklari boshqa davlatlar uchun ochiqligini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev







