Buyuk Britaniya qirolichasi Yelivazeta II koronavirusga chalindi
Qirolicha o'z vazifalarini bajarishda davom etadi.

Kasallik yengil alomatlar bilan kechmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, 95 yoshli qirolicha bundan keyin ham o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Fevral oyi boshida taxt vorisi shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kamillada ham koronavirus aniqlangan edi.
Yelizaveta II COVID-19 vaksinasining har uchala dozasi bilan emlangan.
Avvalroq Yelizaveta II Royal Estate brendi ostida ketchup ishlab chiqarishga qaror qilgani xabar qilingan edi.








