Turkiyada sayyohlar avtobusi ag'darilib ketdi
5 kishi halok bo'ldi, 26 nafar inson jarohat olgan.

Xabarlarga ko‘ra, avtobus Aksaray va Koniya yo'nalishida harakatlanayotgan edi. Haydovchi boshqaruvni yo'qotishi natijasida avtobus yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Jarohatlanganlar tibbiy yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Qurbonlar va yaradorlar qaysi mamlakat fuqarolari ekani to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Avvalroq Meksikada sayyohlar avtobusining halokatga uchrashi oqibatida 19 kishi hayotdan ko'z yumgandi.








