O'zbekiston

Endi ichki musobaqalarda Xorazm jamoasi kuchli nazorat qilinadi

Bugun xorazmlik og‘ir atletikachida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.

Endi ichki musobaqalarda Xorazm jamoasi kuchli nazorat qilinadi

 

Yaqin yillar ichida o‘zbekistonlik sportchilar orasida doping holatlari tez-tez aniqlanmoqda. Milliy antidoping agentligi tomonidan o‘tgan 9 oy davomida barcha sport turlari bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilardan 312 ta doping-sinamalar olindi va 4 ta sportchi taqiqlangan modda iste’mol qilganligi aniqlangan.


Bugun ham O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga ko‘ra, og‘ir atletikachimiz Maftuna Ismoliovada 2021 yil noyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasidan taqiqlangan “OXANDROLONE” va “STANOZOLOL” moddalari borligi ma’lum bo‘ldi. 


Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mabuot xizmati rahbari Omonjon To‘xtamirzayev quyidagilarni Zamon.uz'ga ma’lum qildi. 


“Bu holat bo‘yicha Federasiya vise-prezidenti Shaxrillo Maxmudov ham alohida ta’kidlab o‘tgan. Butun respublika bo‘ylab, chekka-chekka qishloqlardagi sportchilarda doping bo‘yicha holatlar hech kimga foyda keltirmasligi hamda terma jamoaga jalb qilingan atletlar to‘liq nazoratda bo‘lishini, agarda sportchida doping aniqlansa, bu o‘zbek og‘ir atletikasiga salbiy ta’sir qilishi, ish hattoki Olimpiada lisenziyasi kamaytirilishigacha borishi mumkinligini aytib ogohlantirgan”. 

 

Omonjon To‘xtamirzayev Maftuna Ismoilovada aniqlangan doping bo‘yicha quyidagilarni aytib o‘tdi. 


“Maftuna bo‘yicha unaqa qiziq gap ham yo‘q. U Respublika chempionatida Xorazm nomidan qatnashgan, terma jamoa a’zosi emas. Shu sababli uning doping testida taqiqlangan moddalar topilgani terma jamoaga ta’sir qilmaydi. Viloyatlarda ba’zi murabbiylar shogirdi respublika va boshqa musobaqalarda natija qayd etishidan (moddiy jihatdan ham) manfaatdor. Shuning uchun baьzilar maqsadga boshqa yo‘ldan borishadi. Endi ichki miqyosda Xorazm jamoasi vakillarini avvalgidan ham kuchliroq nazorat qilinadi. Qolganlarga ommaviy jazo bo‘lmaydi”.


Shu tariqa antidoping agentligining ma’lumotiga ko‘ra Maftuna Ismoilova Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 2021 yil 23 dekabrdan boshlab, 2025 yil 22 dekabrga qadar 4 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi ichki musobaqalarda Xorazm jamoasi kuchli nazorat qilinadi | Zamon.uz