Ukraina yadro qurolidan voz kechmasligi kerak edi — Ukraina TIV rahbari
Shuningdek, u Kiyev uchun yangi xavfsizlik kafolatlari ishlab chiqishga chaqirgan.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyevning yadro qurolidan voz kechganini xato deb hisoblaydi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervsida ma’lum qilgan.
“Biz yadro arsenalidan voz kechganimiz va bizga berilgan xavfsizlik kafolatlari ishlamaganini inobatga olib, ayrim davlatlar buning uchun javobgarlik xis qilishi kerak deb o‘ylayman. Ukrainaning to‘g‘ri va samarali xavfsizligi kafolatlarini ishlab chiqish uchun qattiq ishlash kerak”, – degan u.
Ma’lumot o‘rnida: 1994-yilda Budapesht Memorandumi imzolangan. Unga ko‘ra, Kiyev yadro qurolini yo‘q qilgan. Buning evaziga Rossiya, AQSH va Buyuk Britaniya Ukraina xavfsizligi bo‘yicha majburiyat olgan.
Avvalroq Makron va Putin Ukraina sharqidagi vaziyat tufayli uchrashishga kelishib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.








