Ukraina Yevroittifoqqa a'zo bo'lish niyatida
Polsha va Litva bilan Ittifoqqa aʼzolikni qoʻllab-quvvatlovchi bayonot imzolandi.

Prezident Vladimir Zelenskiy Polsha va Litva bilan Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat maqomini berishni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotni imzoladi. Bu haqda Zelenskiy litvalik va polshalik hamkasblari Gitas Nauseda va Anjey Duda bilan uchrashuvdan so‘ng brifingda ma’lum qildi.
Eslatib o'tamiz, Litva va Polsha prezidentlari Ukrainaga 23-fevral kuni kelgan edi. Davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasining harakatlarini "tajovuzkor" deb atashdi. Ular DXR “mustaqilligi”ning tan olinishini qoraladilar va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olqishlab, ularni kuchaytirishga chaqirdilar.
Shuningdek, Zelenskiy uchrashuvda Ukraina, Polsha va Litva Rossiyaning Donbassdagi harakatlariga nisbatan birdek fikrda ekanini taʼkidladi. Anjey Dudaning aytishicha, Rossiya Federatsiyasining harakatlari nafaqat Ukraina, balki butun mintaqa, xususan, NATO va YeIning sharqiy qanoti uchun tahdiddir.
Avvalroq Ukraina Oliy radasi DXR va LXR viloyatlarida harbiy holat eʼlon qilishga qaror qilgani xabar qilingan edi.








