Ukrainadagi voqealarga dunyo yetakchilarining munosabati qanday?
Dunyo davlatlari Ukrainadagi fuqarolaridan uyda qolishni va keyingi harakatlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni kutishni so‘ramoqda (2-maqola).

Ukraina sharqidagi voqealarga dunyo yetakchilari munosabat bildirishda davom etmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi RF maxsus operasiyasini kuzatib borayotganini bildirdi va mojaro chuqurlashishining oldini olishga chaqirdi. Mamlakat hukumati Rossiyaga Xitoyning harbiy yordami zarur bo‘lmasligini aytmoqda. Mahsus operasiyaga qaramay, Pekin Moskva bilan hamkorlikda davom etishini bildirdi.
Xitoyning Ukrainadagi elchixonasi o‘z fuqarolaridan uyda qolishni so‘ramoqda, agar ular uylaridan chiqishga majbur bo‘lsa, mashinasining ko‘rinadigan joyida Xitoy bayrog‘ini o‘rnatishi taklif qilingan.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Pentagon rahbari Lloyd Ostin va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyaning Donbassdagi maxsus operasiyasiga javob qaytarishni muhokama qildi.
Ayni paytda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevroiitifoq Rossiya maxsus operasiyasi hududida qolayotgan xodimlarni evakuasiya qilishg atayyorlanayotganini aytdi.
Shuningdek u YI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishini ko‘rib chiqayotganini bildirdi.
“Biz Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan keyingi sanksiyalar paketi kiritishni ko‘rib chiqamiz. YeI kengashi uni tezda qabul qiladi”, - deb yozgan Borrel o‘z Twitter sahifasida.
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operasiyasini “xalqaro huquqni ochiqchasiga buzish” deb baholadi. Kutilganidek, Germaniya hukumati “Shimoliy oqim-2” gaz o‘tkazgichiga taqiq qo‘ydi. GFR iqtisodiyot vaziri Robert Xabek ushbu loyiha ishga tushishining kelajagini ko‘rmayotganini aytdi. Shuningdek u Germaniya endi gaz va ko‘mirni boshqa davlatlardan sotib olishini ma’lum qilgan.
Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen Rossiyani harbiy operasiyani to‘xtatishga chaqirdi, aks holda “Moskva va YI aloqalarini bir necha o‘nyillikda ham tiklab bo‘lmaydi”.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hukumatning Cobra qo‘mitasini zudlik bilan chaqirdi. Unda Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketi muhokama qilinadi. Ayni paytda Britaniya hukumati Ukrainadagi fuqarolariga uyda qolish va Ukraina hukumati tavsiyalariga amal qilishni buyurdi.
Avvalroq AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari G7 a’zolari bilan Rossiya harakatlarini muhokama qilib, javob tayyorlashini aytgan edi.








