Jahon

Birjada “qora kun”, futbol klubini sotgan bank va “kambag‘allashayotgan” Alisher Usmonov

Sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?

Birjada “qora kun”, futbol klubini sotgan bank va “kambag‘allashayotgan” Alisher Usmonov

 

Rossiya 24-fevral kuni Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlashini e’lon qilgach, birin-ketin Buyuk Britaniya, AQSH, Yevroittifoq va Gʻarbning boshqa davlatlari unga qarshi sanksiyadar joriy etdi. Ushbu cheklovlar asosan RF moliyaviy-iqtisodiy sektoriga qaratilgan.

 

Moskva birjasi uchun qora kun

 

24-fevral kuni Moskva birjasi tom ma’noda “cho‘kib ketdi”. Moskva vaqti bilan kunduzgi 11.00 da uning indeksi 24 foizga pastladi. Kun davomida rublning dollar va yevroga nisbatan qadrsizlanishi ham davom etdi. Xususan, 1 AQSH dollari 89.6 rubl, 1 yevro esa 99.99 rublni tashkil etdi.

 

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva birjasining bir kunlik yo‘qotishi 150 mlrd dollardan oshdi. Kun davomida unda savdo deyarli to‘xtatib qo‘yildi. 25-fevralda birja biroz o‘sish bilan ochildi. Shuningdek, rubl ancha mustahkamlandi.

 

Banklar: Futbol klubini sotgan ВТБ va aksiyalari keskin tushib ketgan "Sberbank"

 

London, Bryussel va Vashington tomonidan rus banklariga ham qaqshatqich zarba berildi. Xususan, Rossiyaning eng yirik banklaridan ВТБ AQSHning SDN ro‘yxatiga kiritildi. Bu eng qattiq cheklovlar joriy etiladigan moliya institutlari ro‘yxati hisoblanadi. Keyinchalik bank o‘z mijozlariga murojaat qilib, cheklovlar chet elda foydalaniladigan plastik kartalarga ta’sir qilishini, shuning uchun xorijdagi foydalanuvchilar pullarni imkon qadar yechib olishi taklif qilingan. Shu bilan birga Sanksiyalar Rossiyadagi mijozlarga hech qanday zarar keltirmasligi ta’kidlangan.

 

Bank o‘zining boshqa aktivlarini darhol boshqa tashkilotlarga sotib yubordi. Xususan, “Dinamo-Moskva” futbol klubi aksiyalari "Dinamo" jismoniy-tarbiya va sport jamiyatiga, shuningdek, Kiprning RCB Bank’dagi 46.29 foiz ulush bankning boshqa hissadorlariga sotildi.

 

"Sberbank"ka nisbatan joriy etilgan sanksiya uning aksiyalari 40 foizga pasayib ketishiga olib keldi. Endilikda ushbu tashkilot AQSH dollarida operasiyalarni amalga oshira olmaydi. Bundan tashqari, “Sovkombank”, “Alfa Bank”, “Otkrыtiye”, “Gazprombank” va boshqa yirik banklarga ham cheklovlar joriy etilgan.

 

Boylar yig‘lagan kun

 

Rossiyaning maxsus operasiyasi rus oligarxlariga ham og‘ir ta’sir qildi. Bloomberg agentligi so‘nggi sutka ichida rossiyalik milliarderlar boyligi 39 milliard dollarga kamaydi. Eng ko‘p yo‘qotish “LUKoyl” xo‘jayini Vagit Alekperovga to‘g‘ri kelmoqda. U 6.2 milliard dollardan ayrilgan.

 

Rossiyaning eng boy odami hisoblangan Vladimir Potanin 3 milliard pulini yo‘qotdi. Hozirda uning umumiy boyligi 26.1 milliard dollarga tushib qolgan. Bundan tashqari, “Severstal” direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov 4.2 milliard dollarga “kambag‘allashdi”.

 

Bisnesmen Alisher Usmonovni ham sanksiyalar “xursand qildi”. Lekin uning yo‘qotishi boshqa oligarxlar oldida kamroq: Usmonov boyligi 1.2 milliard dollarga kamaydi.

 

 Avvalroq Bayden Ukrainaga qo‘shin jo‘natmasligini aytgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Birjada “qora kun”, futbol klubini sotgan bank va “kambag‘allashayotgan” Alisher Usmonov | Zamon.uz