Kiyevda komendantlik soati uzaytirildi
Xabar qilinishicha, yangi tartib 28-fevralgacha amalda bo‘ladi.

Shahar meri Vitaliy Klichkoning Telegram kanalida xabar qilishicha, Ukraina poytaxtida komendant soati 17:00 dan 8:00 gacha qilib belgilangan.
“Komendant soati davomida ko‘chada bo‘lgan har qanday fuqaro dushmanning qo‘poruvchilar va ayg‘oqchilar guruhlari a’zolari hisoblanadi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq Ukraina Prezidenti Zelenskiyning o‘z xalqiga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.








