Jahon

Putin Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdi — Pentagon sobiq amaldori

U, shuningdek, AQSHni nizoga aralashmaslikka chaqirdi.

Putin Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdi — Pentagon sobiq amaldori

 

Pentagon sobiq katta maslahatchisi Duglas Makgregor Fox News'ga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainadagi operasiyasi sabablarini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va shaxsan Putinni qoralashni to‘xtatish lozim. 

 

"U (Putin) AQSH kuchlari va raketalarini o‘z chegaralari yaqinida joylashtirilishiga qarab turmasligini aytgandi. Biz ham Kubada rus qo‘shinlari yoki raketalari joylashtirilishiga chidab tura olmaymiz. Ammo inkor qilishda davom etdik va u nihoyat gapdan ishga o‘tdi. Putin Ukrainani hech qanday sharoitda NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymasdi", — degan Makgregor.

 

Shuningdek, sobiq harbiy nizoga aralashmaslik va qurol jo‘natishni to‘xtatish zarurligini qayd etgan. Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bir tomondan qo‘shin jo‘natmasligini aytayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ukrainaliklarni shunchaki halok bo‘lishga chaqirmoqda. 

 

"Agar bu to‘xtatilmasa, biz hozirgacha misli ko‘rilmagan gumanitar halokatni vujudga keltiramiz", — deb ogohlantirgan sobiq harbiy.

 

Avvalroq Jozef Bayden Ukraina atrofidagi vaziyatni murakkablashtirishda ayblangandi.

 

custom img

Rossiya poyezdga zarba berdi: Yevropaning yuqori martabali amaldorlari hudud yaqinida bo‘lgan

Boris Jonson, Germaniya kansleri maslahatchisi Gyunter Zautter va Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Karl Bildt Ukrainadan qaytayotgan bo‘lgan.

custom img

Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Hukumat rahbarlari Buyuk Britaniyadan mustaqillik masalasini muhokama qilish uchun Kardiffda yig‘iladi.

custom img

Indoneziyada yo‘lovchi kemasi ag‘darildi: 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 107 kishi qutqarilgan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun 7 ta shart: Eron AQShdan javob kutmoqda

Ushbu shartlar Eronning yuqori martabali vakillari tomonidan ma’qullangan.

custom img

Filippindagi parom yong‘ini: qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

Paromdan yana 41 kishining jasadi topildi, 13 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

custom img

Saudiya Arabistoniga hujum: muhim neft quvuri yopildi

Ushbu quvur Hormuz bo‘g‘ozidagi neft eksporti bilan bog‘liq uzilishlar sharoitida muhim muqobil yo‘nalish hisoblanadi.

custom img

Istanbuldagi dahshatli jinoyat: qotillar umrbodga qamaldi

Ular marhumalarning o‘limidan foydalanib, turar joyda o‘g‘rilik qilganlikda ham aybdor deb topildi.

custom img

“Qaror qabul qilishimiz kerak”: Zelenskiy Putinga Mayamida uchrashishni taklif qildi

Ukraina Prezidenti uchrashuvda aytiladigan gaplardan ko‘ra, muzokaralarning natijasi muhimligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"