Jahon

Rossiya o‘z taktikasini qayta ko‘rib chiqmoqda — AQSHlik ekspert

U urush yana-da dahshatli tus olishini taxmin qildi.

Rossiya o‘z taktikasini qayta ko‘rib chiqmoqda — AQSHlik ekspert

 

Rossiya armiyasi bo‘yicha ekspert Maykl Kofman Ukrainadagi urush haqidagi fikrlarini eʼlon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Kofmanning fikricha, dastlab rus armiyasi mobil guruhlarning tezkor harakati orqali muhim obyektlar va shaharlarni bosib olishni ko‘zlagan.

Ammo keyinchalik bu reja puchga chiqdi: desant va mobil guruhlarga qo‘shimcha kuchlar va havodan yordam bo‘lmagani uchun ular ukrain armiyasi tomonidan tezda tor-mor etildi. Shuningdek, Kiyev hozirda axborot urushida ham ustunlik qilmoqda.

 

Lekin ekspertning so‘zlariga ko‘ra, shundan keyin Moskva taktikani qayta ko‘rib chiqishni boshladi. U hozirda rezerv kuchlar safini to‘ldirmoqda va qaytadan guruhlar tuzilmoqda. Shuningdek, Rossiyaning juda katta resurslarga ega ekanligiga eʼtibor qaratilgan. 

 

Kofman ruslar hali aviatsiyadan ham to‘liq foydalanmayotganini taʼkidlagan.

 

"Rossiya siyosiy rahbariyati hanuz o‘z rejasining halokatli ekanini anglab yetmadi va tezda Kiyevni ishg‘ol qilish fikridan qaytmagan. Ular havo kuchlaridan tobora kengroq foydalanmoqda. Afsuski, fikrimcha, eng yomoni hali oldinda. Bu urush yana-da dahshatli tus olishi mumkin", — degan u.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaning uch davlati Kiyevga qo‘shimcha samolyotlar jo‘natishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.