Jahon

Ruslar havoda ustunlikka ega emas – Reuters

Ukraina Rossiya samolyotlariga kurasha olishi maʼlum qilindi.

Ruslar havoda ustunlikka ega emas – Reuters

 

Urushning to‘qqizinchi kunida Ukraina harbiy samolyot va vertolyotlarining katta qismini saqlab qoldi. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi amaldoriga tayanib “Reuters” agentligi xabar berdi.

 

“Ukraina hozirga qadar o‘z havo kuchlarining katta qismini: samolyot, vertolyot va uchuvchisiz qurilmalarini, shuningdek, zenit tizimlarini saqlab qoldi”, – degan nomi sir qolishini istagan amaldor.

 

Shu bilan birga bu texnikalarning aniq soni keltirilmagan. Agent bu tizimlarning saqlab qolinishi ko‘pchilik ekspertlari hayron qoldirganini qayd etgan.

 

Pentagon maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiya so‘nggi to‘qqiz kunda Ukraina, jumladan, aerodrom, radar va zenit-raketa tizimlariga qarata 500 dan ortiq raketa tashlagan. Uning samolyot va vertolyotlar soni bo‘yicha ustunligi ham saqlanib qolgan. Ammo shunga qaramay, ukrain osmonida to‘liq rus havo kuchlari to‘liq hukmronlik qilmayapti.

 

“Ukraina raketaari hali ham Rossiya samolyotlariga tahdid tug‘dira oladi. Uning samolyotlari safda qolishi esa – mamlakatning qatʼiyligi belgisi va aholi hamda harbiylari uchun maʼnaviy impuls beradi”,– deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlaganini eʼlon qildi. Shu kungacha Berdyansk, Xerson kabi yirik shaharlar egallandi. Odessa va Mariupol hozirda qurshab olingan. Kiyev va Xarkov ostonalarida qonli janglar davom etmoqda. Urush ortidan Moskvaga qarshi G‘arb yangi sanksiyalar joriy etdi. Yevroittifoq va AQSH Rossiya samolyotlari uchun osmonini yopdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Moskvaga qarshi sanksidar bekor qilinishi shartini aytgandi. 

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

custom img

Islom Maxachev UFC tarixidagi rekordni yangiladi

34 yoshli MMA jangchisi irlandiyalik raqibini mag‘lub qilib, ketma-ket 17-jangida zafar quchdi.

custom img

Turkiyada yozgi mavsumning eng mashhur milliy taomlari ma’lum qilindi

Sovuq sho‘rvalar, zaytun moyida tayyorlangan sabzavotli taomlar, turli salatlar va mashhur Marash muzqaymog‘i yozgi dasturxonning asosiy ta’mlaridan bo‘lmoqda.

custom img

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

custom img

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

custom img

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

custom img

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"