O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilmaydi
“Uzbekistan Airways” xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi.

“Uzbekistan Airways” O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar jadvalga muvofiq uzilishlarsiz amalga oshirilishini va xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qiladi, — deya xabar berdi aviakompaniya matbuot kotibi Kamola Ikramova.
Avvalroq Rossiyaning “Aeroflot”, “S7 Airlines”, “Smartavia”, “iFly” kabi aviakompaniyalari O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatishi haqida e’lon qilgan edi.








