Jahon

Biz neftni qayerga sotishni bilamiz – Aleksandr Novak

Siyosatchi Yevropaning Rossiya neft va gazidan voz kecholmasligini ma’lum qildi.

Biz neftni qayerga sotishni bilamiz – Aleksandr Novak

 

Yevropa Rossiya neftidan voz kechgan taqdirda uning narxi 300 dollarga ko‘tariladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak aytgan. 

 

Novak YIning Moskvaga energetik jihatdan bog‘liqligiga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropa iste’mol qiladigan gazning 40 foizini yetkazib beradi va doim ishonchli hamkor bo‘lib kelgan. 

 

“Yevropa rus gazining o‘rnini tezda to‘ldira olmaydi. Buning uchun yillar kerak. Gʻarbning ehtimoliy embargosi haqidagi gap-so‘zlar esa noaniqlikni vujudga keltiradi va narxlar oshishiga sabab bo‘ladi. Bu iste’molchilarga sezilarli zarar yetkazadi”, – degan Novak. 

 

Shuningdek, u Rossiyaning “Shimoliy oqim -1” gaz quvurini to‘xtatib qo‘yish huquqi borligini, ammo shu paytgacha buni amalga oshirmaganini qayd etgan.  Siyosatchi neft narxi haqida gapirar ekan, Moskva “qora oltin” yetkazib berish bo‘yicha kafolat berishini, energetika bilan siyosatni aralashtirmasligini qayd etgan. 

 

“Gʻarb Rossiya neft va gazidan voz kechgan taqdirda moliya bozorida halokatli vaziyat vujudga keladi. Neftning bir barreli esa 300 dollargacha ko‘tariladi”, –– deb ma’lum qilgan Novak. 

 

Shu bilan birga u Moskva Yevropaga ketayotgan energoresurslarni qayerga yo‘naltirishni bilishini ta’kidlagan. 

 

Ma’lumot o‘rnida: 24 fevral kuni RF Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshladi. Bunga javoban Gʻarb davlatlari unga qarshi sanksiyalar joriy etdi. So‘nggi kunlarda Yevropa Moskva bilan energetik hamkorlikdan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Shu bilan birga qator YeI davlatlari bunga tayyor emasligini ma’lum qilgan. 

 

Avvalroq fransus energetika kompaniyasi Yevropaning Moskvaga energetik qaramligini tan olgandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Biz neftni qayerga sotishni bilamiz – Aleksandr Novak | Zamon.uz