Rossiya samolyotlarining Britaniya osmonida uchishi jinoyat deb eʼlon qilindi
Avvalroq London Moskva aviakompaniyalari uchun xavo chegarasini yopib qo‘ygandi.

Endilikda Rossiya samolyotlarining Buyuk Britaniya havo hududiga kirib kelishi jinoyat sifatida baholanadi. Bu haqda Birlashgan qirollik transport vaziri Grant Shepps maʼlum qildi.
"Men Rossiyaning istalgan turdagi samolyotining Buyuk Britaniya havo hududigv kirishini jinoyat deb eʼlon qildim. Endilikda hukumat ushbu samolyotlarni ushlab qolishi mumkin", — degan siyosatchi o‘zining Twitter sahifasida.
Maʼlumot o‘rnida: bundan oldin London RF samolyotlariga o‘z osmonidan uchishini taqiqlab qo‘ygandi. Bunga Ukrainadagi urush sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoqning Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







