Abramovich endi “Chelsi”ni sota olmaydi
Buyuk Britaniya uning aktivlarini muzlatib qo‘ydi.

Buyuk Britaniya hukumati “Chelsi” rahbari Roman Abramovichga sanksiyalar qo‘lladi. Bu haqda jurnalist Stiven Svinford o‘zining twitter sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, rossiyalik milliarderning Buyuk Britaniyadagi barcha aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Xabarda aytilishicha, Abramovich endi “Chelsi”ni sotib yubora olmaydi. “Aristokratlar” esa faoliyatini davom ettirish uchun maxsus ruxsatnoma oldi.
Eslatib o‘tamiz, Roman Abramovich joriy yilning 2 mart sanasida “Chelsi”ni sotishini ma’lum qilgandi. U klubni 3 mlrd yevroga baholagan.
Avvalroq, Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchi ekanligi va “Barselona”ning taklifi rad etilgani haqida xabar berilgandi.








