Isroil bosh vaziri Zelenskiyga kutilmagan taklif bergani maʼlum bo‘ldi
O‘tgan xaftada Naftali Bennet Putin va Zelenskiy bilan uchrashgandi.

Isroil bosh vaziri Vladimir Zelenskiyga Rossiya shartlarini qabul qilishni taklif qilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisiga tayanib Axios xabar berdi.
Unga ko‘ra, Naftali Bennet Ukraina yetakchisi bilan shaxsiy muloqot chog‘ida yuqlridagi taklifni bergan. Ammo Zelenskiyning buni inkor qilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, bosh vazir Isroildan qurol yetkazib berishni so‘ramaslikni iltimos qilgan. Sababi, Tel-Aviv Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachi bo‘lishga harakat qilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24 fevralda Ukrainaga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Hozirga qadar ayrim xududlar Moskva nazoratiga o‘tgan. Shuningdek, Mariupol, Xarkov va Kiyevda og‘ir janglar olib borilmoqda.
Isroil bosh vaziri 5 mart kuni Moskvaga tashrif buyurgandi. Vladimir Zelenskiy bir necha bor Bennetdan Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lishni so‘ragan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Zelenskiy yaqin kelajakda uchrashishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







