O'zbekiston

Oyoqlarim yurmasa ham, ko‘zlarim ko‘radi, qo‘llarim ishlaydi – Nurxon Qurbonova

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritgan sportchining muvaffaqiyat siri nimada?

Oyoqlarim yurmasa ham, ko‘zlarim ko‘radi, qo‘llarim ishlaydi – Nurxon Qurbonova

 

O‘tgan yili Yaponiyaning Tokio shahrida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari ko‘lga kiritgan 5 ta kumush medal sohiblaridan biri Nurxon Qurbonova. 

O‘yinlarda para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bo‘yicha hamyurtimiz 18.38 metr natija bilan shaxsiy rekordini yangiladi. Bundan tashqari Nurxon Qurbonova Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini ham qo‘lga kiritdi. 

 

Sportchimiz bugungi kunda nimalar bilan band ekanligi va sportdagi yutuqlariga nima asosiy rol o‘ynagani haqida gapirib berdi

 

Paralimpiyadadan so‘ng jamoamiz bilan shu yil bo‘lib o‘tadigan Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib boryapmiz. Asosiy e’tiborimni oldinga qo‘yilgan maqsad va rejalarimga qaratganman. Ushbu niyatlarimni amalga oshirishga bor kuchim bilan harakat qilaman. 

 

Sizga nima ko‘proq kuch beradi?

 

Menga onam, murabbiyim va yaqinlarimni ishonchi katta kuch beradi. Har qanday inson hayotda qoqilganida unga yaqinlari yordamga keladi. "Bu seni qo‘lingdan keladi", "Sen uddalay olasan", "Biz senga ishonamiz", - degan gaplari meni yanada oldinga harakatlantiradi. Ana shu ishonchni oqlash uchun ham inson kuchli ko‘proq mehnat qiladi. Chunki, unga ishongan ko‘zlarni aldagisi kelmaydi. Yaqinlarini xursand qilgisi keladi. Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etganimda ham murabbiyimni ko‘zlariga qarab turganman. Shunda uning daldasini his qilganman. Menga bundan tashqari, hayotda shukronalik hissi kuch beradi. Ahvoli og‘ir insonlarni ko‘p uchratganman. Shularni ko‘rganimda xudoga shukur qilaman. Oyoqlarim yurmasa ham ko‘zlarim ko‘radi, qo‘llarim ishlaydi. Hayotda nimaga erishgan bo‘lsam, yaqinlarimni ko‘magi bilan erishganman. 

 

Bugungi kunda dangasalik oqibatida vaqtini behudaga o‘tkazayotgan yoshlarga qanday maslahatlar bergan bo‘lardingiz?


Shu kunlarda Ukrainada urush bo‘lyapti. Aholi qiynalmoqda. Yer ostini makon tutib yashayotganini yoki uy-joyini tashlab ketayotganlariga guvoh bo‘lyapmiz. Yoki bo‘lmasa, Afg‘onistonni misol qilib keltirishimiz mumkin. U yurt insonlarining farzandlari hattoki maktablarga borisholmaydi. Agarda o‘qigan taqdirda ham ko‘ngli xotirjam emas. Ota-ona farzandim sog‘-omon qaytib kelsin, deb duo qilib turadi. Biz mana shunday tinch vatanda, imkoniyatlar yetarli bo‘lgan yurtda yashaymiz. Nega endi vaqtimizni behudaga sarflashimiz kerak? Urush bo‘layotgan makonda yashaganimiz yo‘q. Nimaga endi bu imkoniyatlardan foydalanmasligimiz kerak?

 

Yoshlarimiz bilim olish, yuksak marralarni zabt etish imkoni bo‘lgan yurtda yashamoqda. Ular shulardan nima sababdan foydalanmasligi kerak? Tinch vatanda yashayotganimiz uchun xudoga shukur qilishimiz kerak. Inson shunday yashashi kerakki yashab o‘tgan umriga qarasa, hech qachon afsuslanmasligi kerak. Inson hayot yo‘lini qanday qurishi o‘ziga bog‘liq. Shuning uchun hozirgi yoshlarga hech qachon mehnatdan qochmasliklarini maslahat bergan bo‘lar edim. Har bir insonning taqdiri o‘z qo‘lida. Hayotini faqatgina o‘zi o‘zgartira oladi. Shuning uchun harakatdan to‘xtamaslik kerak. Agar men ham taqdirimga tan berib uyda qolganimda, hozirgi yutuqlarimga erishmagan bo‘lar edim. Men taqdirimga tan berishni emas, u bilan kurashish kerakligini anglaganman.

 

Jamshid AMIROV

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.