Rossiya konsulxonasini muzey bilan adashtirgan ayol qo‘lga olindi
Rossiya mahsus operatsiyasidan Nyu-Yorkdagi muzey jabrlandi.

Nyu-Yorkdagi Rossiya konsulxonasi Yuqori Ist-saydda, muzeylar ko‘chasiga yaqinda joylashgan.
So‘nggi kunlarda Rossiyaning Ukrainadagi mahsus operatsiyasidan norozi amerikaliklar diplomatik missiya binosi oldida to‘planmoqda. Qo‘shni uylar aholisi notinch bo‘lgach, politsiya 91- ko‘chani yopib qo‘ydi.
Ammo politsiyachilar tuxum ko‘taribolgan qari ayolni ko‘zdan qochirdi. U konsulxona qarshisidagi Smitson dizayn muzeyi qarshisiga turib olib, uni tuxumdan “o‘qqa tutdi”.
Hayratda qolgan muzey xodimlari zudlik bilan politsiya chaqirdi. Ayol o‘z harakatlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun qilganini aytdi. Ammo u binolarni adashtirib qo‘yganini bilgach, o‘zini koyishdan boshqa iloji qolmadi.
Kuper Xyuitt Smitson muzeyi AQSHdagi zamonaviy sanʼatga bag‘ilangan yagona muzeydir.
Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati ukrainalik qochqilarni rus oligarxlarining uylariga joylashtirmoqchiligi xabar qilingan edi.







