Xitoy kemalari Yaponiya bilan bahsli xududga kirib keldi
Ular so‘nggi 20 kun shu yerda suzib yurgan.

Xitoy dengiz politsiyasining to‘rt kateri Sharqiy Xitoy dengizidagi bahsli Senkaku oroli hududiga uirib keldi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Senkaku oroliga Yaponiya va Xitoy daʼvo qilib keladi. Yaponiya dengiz xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, Pekin kemalariga ushbu hududni tark etishini talab qilib ogohlantirish yuborilgan. Shu bilan birga Xitoy kemalari so‘nggi 20 kunda orol atrofida yurgani aytilmoqda.
Maʼlumot o‘rnida: Senkaku orollari atrofidagi vaziyat 2012-yilda Tokioning orolni Yaponiya fuqarolaridan sotib olganidan keyin keskinlashib ketdi. Shundan keyin Xitoyda bunga qarshi norozilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi, yapon restoran va korxonalariga bosqinlar uyushtirildi. 2012-yildan boshlab XXR kemalari doimiy ravishda bahsli arxipelag atrofida suzib yuradi va uning qirg‘oqbo‘yi hududiga atayin kirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tayvan mustaqilligiga chidab turmasligini maʼlum qilgandi.







