Jahon

Suriya izolyatsiyadan chiqmoqda: Bashar Asad BAAga bordi

U Dubay va Abu-Dabi rahbarlari bilan muzokara o‘tkazgan.

Suriya izolyatsiyadan chiqmoqda: Bashar Asad BAAga bordi

 

Suriya prezidenti Bashar Asad 2011 yildan buyon ilk marta BAAga tashrif buyurdi. Bu haqda “AP” xabar berdi.

 

Asad Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd al Nahayyon bilan muzokara o‘tkazgan. Muhammad bin Zayd al Nahayyon Suriya rahbarining ushbu tashrifi Suriya va mintaqadagi tinchlikka asos bo‘lishiga umid bildirgan. Shuningdek, u Damashqning arаb dunyosi xavfsizligidagi eng muhim davlat ekanini taʼkidlagan.

 

Bashar Asad o‘z davlatidagi so‘nggi o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼlumot bergan. Shuningdek, u mamlakat hududiy yaxlitligi va xorijiy qo‘shinlarni olib chiqishni muhokama qilgan.

 

Bundan tashqari, Asad Dubay hukmdori Muhamad bin Rashid al-Maktum bilan ham uchrashgan. Al-Maktum BAA bosh vaziri hisoblanadi.

 

Bashar Asad so‘nggi bor 2011 yilda arab davlatlariga tashrif bilan kelgan. Shundan keyin u xalqaro izolyatsiyaga tushib qoldi. Asad 2011-2021 yillarda faqat Eron va Rossiyaga tashriflar amalga oshirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya sanoati 10 yillik urushda qancha zarar ko‘rgani maʼlum qilingandi. 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Suriya izolyatsiyadan chiqmoqda: Bashar Asad BAAga bordi | Zamon.uz