Xitoy rahbari G‘arbni Rossiyani "to‘g‘ri tushunish" ga chaqirdi
Shuningdek, u nima uchun urushga qarshi ekanini aytgan.

Si Szinpin va Jozef Bayden muloqotining yangi tavsilotlari maʼlum bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Unga ko‘ra, Xitoy rahbari AQSH va NATOni Rossiya bilan muloqot o‘rnatishga va Moskva xavotirlariga eʼtibor qaratishga chaqirgan.
Si Szinpinning qo‘shimcha qilishicha, "Xitoy o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlariga asoslanib, urushga qarshi chiqadi". Shuningdek, u Pekin o‘z shaxsiy nuqtayi nazari bilan fikrlashini va xadqaro huquqning asosiy prinsiplarini himoya qilishini taʼkidlagan.
XXR raisi Ukraina nizosini hal etishda asosiy nuqta BMT nizomi ekanini qasd etgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Bayden Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilgandi.







