Qo‘shiqchi Nyusha Rossiyadan ko‘chib ketdi
Xonanda bu qarorini erining ishi bilan izohlagan.

Rossiyalik qo‘shiqchi Nyusha turmush o‘rtog‘i Igoь Sivov bilan Dubayga ko‘chib o‘tdi. U bu haqda o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi va vataniga qachon qaytishi noma’lumligini bildirdi.
Nyusha bu qarorni erining tez-tez xizmat safariga ketishi bilan izohlagan. Hozirgi vaziyatda esa Rossiyadan uchish murakkablashgani uchun juftlik chet elga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan.
Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli Igor Sivov 2016 yilda talabalar sporti xalqaro federasiyasi prezidentining maslahatchisi bo‘lgan. 1949 yilda tashkil etilgan federasiya ayni paytda 167 davlatni birlashtiradi.
So‘nggi kunlarda Rossiyani ko‘plab san’atkorlar tark etmoqda. Avvalroq Aktrisa va “Podari jizn” jamg‘armasi asoschisi Cho‘lpon Xamatova Rossiyani tark etgani haqida yozgan edik.








