O'zbekiston

Aleksey Fomovskiy velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Shu tariqa o‘zbekistonlik velosportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 3 taga yetgan.

Aleksey Fomovskiy velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

 

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik vakil ham sovrindorga aylandi.


23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi shaxsiy poygalarda sportchi Aleksey Fomovskiy marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

 

Ushbu yo‘nalishda oltin medalni bahraynlik sportchi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Eron terma jamoasi a’zosi yakun yasab berdi.

 

Shu tariqa o‘zbekistonlik velosportchilarning Osiyo chempionatida qo‘lga kiritgan medallari soni 3 taga yetdi. Jumladan, kecha ayollar  jamoaviy bahslarda oltin medalga sazovor bo‘lishgan edi. Bugun esa Anna Kuskova terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medal qo‘shib qo‘ydi. Ular qatoridan Fomovskiyning kumush medali ham joy oldi.

 

Bundan tashqari, para velosportchilar Tojikistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatidan 10 ta medal bilan qaytishdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Aleksey Fomovskiy velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi | Zamon.uz